Jahon | 18:29 / 09.09.2022
6122
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainani tiklash uchun 349 mlrd dollar kerak bo‘lishi aytildi

Qayd etilishicha, bu Ukrainaning 2021 yildagi YaIMdan 1,5 baravarga ko‘pdir.

Foto: Reuters

Ukrainani tiklash xarajatlari 349 mlrd dollarni tashkil etadi. Bu haqda Yevrokomissiya, Kiyev va Jahon bankining hisobotida ma’lum qilindi. Tomonlarning qayd etishicha, nizo davom etayotgani sababli bu raqam yanada oshishi mumkin.

Yevrokomissiya, Kiyev va Jahon banki hisobotida Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga kiritili mamlakat iqtisodiyotining 20ta sohasiga ta’siri baholandi.

Hisobotga ko‘ra, ijtimoiy va ishlab chiqarish sohalarini tiklash uchun Ukrainaga 349 mlrd dollar kerak bo‘ladi.

Qayd etilishicha, bu Ukrainaning 2021 yildagi YaIMdan 1,5 baravarga ko‘pdir.

Hisobotda aytilishicha, kelayotgan 36 oy davomida zarur ehtiyojlar uchun 105 mlrd dollar sarflash talab etiladi. Bu mablag‘ ta’lim va sog‘liqni saqlash, energiya ta’minoti va transport qatnovi hamda qishloq xo‘jaligi sohasidagi infratuzilmani tiklashga ketadi. 

Iyun oyida Ukraina prezidenti ofisi mamlakatni tiklash uchun 1 trln dollar kerak bo‘lishini bildirgandi. Avgust oxirida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukrainani tiklash 600–800 mlrd dollarga tushishini aytdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid