Jahon | 21:33 / 10.09.2022
16712
1 daqiqa o‘qiladi

Charlz III rasman Kanada rahbari deb e’lon qilindi

Kanada Britaniya Hamdo‘stligiga kiradi, shu sababli Buyuk Britaniya qiroli Kanada davlati rahbari hisoblanadi.

Foto: Reuters

10 sentabr kuni qirol Charlz III rasman Kanadaning yangi rahbari deb e’lon qilindi.

Rasmiy e’lon qilish marosimi Kanada general-gubernatori Meri Saymonning Ottava shahrida joylashgan Rido-Xoll qarorgohida bo‘lib o‘tdi. Unda bosh vazir Jastin Tryudo va hukumat a’zolari ishtirok etdi. Saymon va Tryudo tegishli hujjatni imzoladi.

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 8 sentabr kuni 96 yoshida vafot etdi. U 70 yil mobaynida Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va yana 12 mustaqil davlatni boshqardi. Yelizaveta II 1952 yil 6 fevralida taxtga o‘tirgandi.

Yelizaveta II o‘rnini uning o‘g‘li Charlz egalladi.

Kanada Britaniya Hamdo‘stligiga kiradi, shu sababli qirol Charlz III davlat rahbari hisoblanadi. Biroq Kanadadagi aksariyat qirollik va konstitutsion majburiyatlarini qirolning vakili - general-gubernator bajaradi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid