Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nurafshon-Korea New City yangi shahar loyihasi amalga oshiriladi
Nurafshon-Korea New City loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Janubiy Koreyada bo‘lgan Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreya – O‘zbekiston biznes uyushmasi raisi birinchi o‘rinbosari Kim Chang Keon hamda TDC Co. Ltd kompaniyasi prezidenti Choy In Chang bilan muzokaralar o‘tkazdi, deya xabar bermoqda “Dunyo”.
Muloqotda o‘zaro hamkorlik masalalarini faollashtirish masalalari muhokama qilindi. Toshkent viloyati Nurafshon shahrida Nurafshon-Korea New City yangi shahar loyihasini amalga oshirish, shaharni rivojlantirish bo‘yicha tuzilma konsepsiyasi va rejalari xususida fikr almashildi.
Tomonlar o‘rtasida Nurafshon-Korea New City loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolandi. TDC Co. Ltd kompaniyasi hamda Janubiy Koreya-O‘zbekiston biznes uyushmasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu loyihada 150 gektar yer maydonida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kiritish hisobiga Janubiy Koreya tipida shaharcha bunyod etilishi ko‘zda tutilgan. Uning ro‘yobi 2022-2026 yillarni qamrab olishi belgilanmoqda.
Koreya yong‘in sanoati assotsiatsiyasi raisi Pak Jong Von bilan yong‘inga qarshi o‘quv majmuasi loyihasi bo‘yicha memorandum imzolandi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026