Rossiyaning Tjournal nashri yopildi
Texnologiya va internet madaniyati haqidagi TJ loyihasi 11 yil davom etdi. Mart oyi o‘rtalarida u RF Qurolli kuchlari haqidagi «feyklar» bo‘yicha ayblov bilan Bosh prokuratura talabiga binoan bloklangan edi.
Rossiyaning Tjournal internet-nashri o‘z faoliyatini to‘xtatdi. 10 sentabr, shanba kuni tahririyat portal 11 yil davomida faoliyat yuritgani hamda texnologiyalar va internet madaniyati haqidagi loyiha bo‘lganini ma’lum qildi. Uning eslatishicha, Tjournal mart oyi o‘rtalarida Rossiya Bosh prokuraturasi talabiga ko‘ra Roskomnadzor tomonidan bloklangan, uning mualliflari Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi haqida «feyk» ma’lumotlarni e’lon qilishda ayblangan.
TJ saytida tahririyat maqolalari arxivi mavjud.
TJ yopilishi haqida uning tahririyati 22 avgust kuni ogohlantirgandi. «Biz qanchalik istasak ham, bu hazil yoki klikbeyk emas. Nashrimizning oxirgi ish kuni - 10 sentabr», deyiladi nashrning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida paydo bo‘lgan xabarda. TJ bloklanishga qanday xabar yoki maqola sabab bo‘lganini haligacha bilmaydi.
Bloklash e’lon qilinganidan so‘ng, nashr ishni davom ettirish uchun xodimlarni bosqichma-bosqich qisqartirishni boshladi. Biroq, bu chora yordam bermadi. Tahririyat loyihani rivojlantirish uchun ajratilgan mablag‘ tugab qolganini tan olishga majbur bo‘ldi. «Biz 11 yil, 2 oy va 21 kun deganda yopilamiz», — deyiladi Tjournal xabarida.
Tjournal — 2011 yil 20 iyun kuni tashkil etilgan rus internet-nashri va yangiliklar agregatori. Asosiy mavzular - ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, qonunchilik va gadjetlar. Nashrning o‘z ma’lumotlariga ko‘ra, saytga bir oyda 4 million kishigacha kirgan.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan beri, «Roskomsvoboda» loyihasiga ko‘ra, «Roskomnadzor» bir necha mingta saytni - yirik yangiliklar nashrlari, ijtimoiy tarmoqlar, jamoat tashkilotlari, savdo va IT-kompaniyalar saytlarini go‘yoki harbiy mojaro haqida yolg‘on ma’lumotlarni joylashtirgani uchun bloklagan.
Mavzuga oid
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024