Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shols Germaniya Rossiyadan gaz yetkazish to‘xtatilishiga tayyorligini aytdi
Germaniya shimolida suyultirilgan gaz importi uchun terminallar o‘rnatildi. Mamlakatdagi gaz omborlari 85 foizga to‘ldirildi.
Germaniya va Yevropa Rossiyadan gaz yetkazish to‘liq to‘xtatilishiga tayyor, dedi FRG kansleri Olaf Shols.
Uning aytishicha, Germaniya shimolida suyultirilgan gaz importi uchun terminallar o‘rnatildi.
Shols mamlakat Rossiya gaz yetkazib berishni sezilarli darajada to‘xtatishiga tayyorlanganini aytdi.
«Biz gazni tejadik. Ko‘mir elektr stansiyalari imkoniyatlaridan yana foydalanamiz. Kelasi yil boshida zarur bo‘lsa atom elektr stansiyalaridan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi»,— dedi u.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniya sentabr oyiga kelib gaz omborlarini 85 foizga to‘ldirdi.
Mavzuga oid
20:04
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi
17:21
Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
15:51
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
10:05