Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qishni ko‘chiruvchilar uchun ham super-kontrakt ochildi
Xorijdan va O‘zbekistondagi nodavlat OTMlardan o‘qishini davlat OTMlariga ko‘chirish uchun ariza bergan va testda o‘tish balini ololmagan talabgorlar ham, agar o‘zlari xohlasa, super-kontrakt asosida o‘qishlari mumkin.
Bu haqda ma’lum qilgan bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevga ko‘ra, tez orada yuqoridagi toifa abituriyentlarga super-kontrakt uchun onlayn ariza yuborish va shartnoma olish imkoni yaratiladi. Buning uchun OTMga borish shart emas.
Shuningdek, “perevodchilar” uchun ham super-kontraktga 10% chegirma beriladigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin ham super-kontrakt bo‘yicha yangi tartiblar belgilangan edi:
- o‘zi tanlagan 1-yo‘nalishiga kirolmay, lekin 2-, 3-, 4– yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan abituriyentlarga o‘z xohishi bilan birinchi tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishga ruxsat berildi;
- beshala yo‘nalishda ham imtihondan yiqilgan abituriyentlar esa bu beshta yo‘nalishning istalgan bittasida super-kontraktda o‘qishi mumkin bo‘ldi.
Mavzuga oid
09:30 / 15.06.2026
Endi o‘qishni ko‘chirishda ham sertifikatlar uchun ball beriladi
15:23 / 01.06.2026
Samarqanddagi 4 ta oliygoh qayta tashkil etiladi
21:12 / 03.04.2026
O‘zbekiston xorijiy talabalarni ko‘proq jalb etmoqchi
19:02 / 06.03.2026