Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toşqulov kiriş imtihonlarida juda past ball töplagan abituriyentlar ham tibbiyot va arxitektura oliygohlariga super-kontrakt asosida öqişga kirayotgani, bu esa xavfli bölişi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

“Siz nimagadir Özbekiston oliy ta’limiga umuman işonç bildirmayapsiz. Siz aytgan Tibbiyot akademiyasida, tibbiy oliy ta’lim muassasalarida öqiş kundan kunga qiyinlaşib boryapti. Talablar ortyapti. Xorijiy ta’lim dasturlaridan foydalanilyapti. Öquv rejalar, öquv dasturlar, kredit-modul...

Siz aytgan bilimdagi bola super-kontraktni tölaşi mumkin, lekin bitirolmaydi.

Şuning uçun men bugun ota-onalarga murojaat qildimki, bolangiz ertaga öqib keta olişiga işonsangiz, super-kontrakt tölang. Kredit modulda avvalgiday telefon qilib, taniş-biliş qilib bolangizni kursdan kursga ötkizolmaysiz.

Men sizga töğrisini aytaman, men vazirman, menga iltimos bölsa men aralaşmayapman ham, aralaşsam ham bir iş çiqmasligiga aminman. Kredit-modul tizimi böyiça platforma bilan işlayapti, bu ham asta-asta xuddi mana kontraktga öxşab texnikaning qöliga berilyapti.

Bu jarayonlarga bizga bir yil muddat beringlar. Ta’lim sifati böyiça. Mana bu yil bizga xos bölmagan butun işlarni muhtaram prezidentimiz bizdan oldirtirib berdilar, mana bu yil faqat sifat va sifatga işlanadi. Natijalar böladi. Eşitasiz hali, neça foiz talaba bitirolmadi, şundan neça foizi super-kontrakt”, – dedi Toşqulov 9 sentabr kungi matbuot anjumanida.