Davlat qabul komissiyasi qarori bilan super-kontrakt böyiça qöşimça tartiblar belgilandi. Bu haqda bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev xabar bermoqda. Oliy ta’lim vazirligi hozirça bu borada ma’lumot bermadi.
“Eng katta yangilik, bu – abituriyent özi tanlagan BIRINÇI yönalişga kira olmagan, lekin 2-, 3-, 4- yoki 5-yönalişlardan biriga öqişga kirgan bölsa, unda öz xohişi bilan BIRINÇI tanlagan yönalişida super-kontraktda öqişiga ruxsat beriladi.
Bu istisno 2-, 3- yoki 4-yönalişga taalluqli emas. Ya’ni beşinçi yönalişga öqişga kirgan abituriyent ikkinçi yoki törtinçi yönalişni tanlab super-kontrakt qila olmaydi, faqat BIRINÇI yönalişga qilişi mumkin.
Şuningdek, tanlagan beşala yönalişiga ham öqişga kira olmagan abituriyentlar istalgan beşta yönalişdan birini tanlab, super-kontraktda öqişiga ruxsat beriladi”, – deya yozdi bloger.
Eslatib ötamiz, super-kontrakt böyiça arizalar 1 oktyabrgaça, kontrakt.edu.uz sayti orqali qabul qilinadi.


















