Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldovada harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi ma’lum qilindi
Mamlakatda 12 sentabrdan 23 sentabrga qadar Scutul de foc 2022 ("Olovli qalqon") harbiy mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
Moldovada "Olovli qalqon" harbiy mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi xabar berdi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Moldova poytaxtida armiya texnikasi harakatlanayotgani aks etgan foto va videotasvirlar tarqalgandi.
"Harbiy texnikalar harakatlangani to‘g‘risidagi xabarlar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz: 12 sentabrdan 23 sentabrga qadar Scutul de foc 2022 ("Olovli qalqon") harbiy mashg‘ulotlari o‘tkaziladi, texnika o‘quv markazlari tomon harakatlangan", - deyiladi vazirlik xabarida.
Qayd etilishicha, harbiy texnika nafaqat Kishinyov, balki boshqa aholi maskanlarida ham harakatlangan.
"Fuqarolarni milliy yo‘llarda harakatlanayotgan harbiy texnikani ko‘rganda vahimaga tushmaslikka chaqiramiz", - deyiladi vazirlik tomonidan.
Ma’lumot berilishicha, "Olovli qalqon" harbiy mashg‘ulotlari 2015 yildan buyon o‘tkazib kelinadi.
Mavzuga oid
13:41 / 18.03.2026
Moldovada Ukraina chegarasi yaqinida qulagan dron topildi
13:33 / 12.03.2026
Moldova hukumati mamlakatning MDHdan chiqishini ma’qulladi
15:16 / 21.02.2026
Ukraina va Moldovada qator qotilliklarni tayyorlagan guruh fosh etildi
21:21 / 08.02.2026