O‘zbekiston | 10:50 / 12.09.2022
9176
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent va Moskva o‘rtasida avtobuslar har kuni qatnay boshladi

Toshkent va Moskva o‘rtasida avtobuslar har kuni qatnay boshladi. Bu haqda Migration-uz kanali xabar berdi.

“Toshkent” avtovokzalidan har kuni soat 12:00 dan boshlab avtobuslar yo‘lga chiqadi. Yo‘l haqi - 1 million 205 ming so‘m, yo‘l vaqti - 2 kun-u 16 soat.

Rossiyaning boshqa shaharlariga reyslar:

  • Toshkent –   Qozon: seshanba va juma (11:00), yo‘nalish narxi 905 ming so‘m;
  • Toshkent –   Omsk: seshanba va shanba (23:30), chipta narxi – 805 ming so‘m;
  • Toshkent –   Novosibirsk: dushanba (14:00), chipta narxi – 905 ming so‘m;
  • Toshkent –   Nijniy Novgorod: payshanba (6:00), chipta narxi – 1 million 5 ming so‘m.

Ma’lumot uchun, 18 iyuldan boshlab Toshkent va Moskva, Qozon hamda Sankt-Peterburg o‘rtasida muntazam avtobus qatnovi tiklangandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid