Jahon | 13:53 / 13.09.2022
31754
6 daqiqa o‘qiladi
Ukrain harbiylarining yangi o‘ljalari, Belgorodda qochqinlar lageri. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 201-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina harbiylari Shimoliy Donning chap sohilidagi Svyatogorsk shahri ozod etilganini xabar qilishdi, rossiyaliklar bu shaharni iyun oyida egallashgandi. «DXR» rahbari Denis Pushilin hozircha shahar tomonlarning hech biri tomonidan «to‘liq nazorat qilinmayotgani»ni ma’lum qilgan.
- Ukraina armiyasining «Janub» operativ qo‘mondonligi so‘nggi ikki haftada Xerson oblastida 13 ta aholi punktlari ozod etilib, 500 kv.km hudud Ukrainaga qaytarilganini e’lon qildi. Beshta aholi punktlari nomma-nom keltirilgan: shimolda Dnepropetrovsk oblast bilan chegara hududidagi Visokopilya, Novovoznesenske va Mirolyubivka, janubroqda Mikolayiv oblasti chegarasidagi Bilogirka va Suxiy Stavok.
- Ukraina prokuraturasi Chuguyiv rayonidagi ozod etilgan Zaliznichnoye qishlog‘ida tinch aholi vakillari bo‘lgan to‘rt kishi jasadi topilgan - ularda qiynoq izlari aniqlangan.
- Rossiyaning Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkov dushanba kuni tongda ukrain harbiylari artilleriyadan rossiyaliklarning Logachyovka qishlog‘idagi chegara punktini o‘qqa tutganni xabar qildi, natijada keksa yoshli ayol halok bo‘lib, yana to‘rt kishi yaralangan.
- Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya Yevropaga elektr energiyasi eksport qilmasligi uchun Ukrainaning energetika obektlariga raketa zarbalari berayotganini aytdi.
- Ukraina vitse-premeri Irina Vereshchuk ozod etilgan hududlarda bu yerga Rossiya dasturi bo‘yicha dars berish uchun kelgan rossiyalik o‘qituvchilar qo‘lga olingani — endi ular sud qilinishi va urush urf-odatlarini buzgani uchun 12 yilgacha qamalishi mumkinligini aytdi.
- Qrim rahbari Sergey Aksenov tarmoqda Bog‘chasaroydagi to‘ylardan birida «Chervona Kalina» qo‘shig‘i kuylangani aks etgan video tarqalgach, «natsionalistik madhiyalarni kuylaganlar»ga jinoiy ish ochish bilan tahdid qildi
- Moskva va Sankt-Peterburgning 18 okrugidagi munitsipal deputatlar RF prezidenti Vladimir Putinning iste’fosi talab etilgan bayonotni imzolashdi.
Quyida 12 sentabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Xarkiv o‘qqa tutilishi oqibatlari
Xarkiv oblastining ukrain harbiylari ozod etgan hududlari
Belgorod oblastidagi qochqinlar
Kramatorskka zarba
Mavzuga oid
07:54
Ukraina Jahon bankidan deyarli 5 mlrd dollar oladi
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024