Ukrainadagi uruşning 201-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina harbiylari Şimoliy Donning çap sohilidagi Svyatogorsk şahri ozod etilganini xabar qilişdi, rossiyaliklar bu şaharni iyun oyida egallaşgandi. «DXR» rahbari Denis Puşilin hozirça şahar tomonlarning heç biri tomonidan «töliq nazorat qilinmayotgani»ni ma’lum qilgan.
  • Ukraina armiyasining «Janub» operativ qömondonligi sönggi ikki haftada Xerson oblastida 13 ta aholi punktlari ozod etilib, 500 kv.km hudud Ukrainaga qaytarilganini e’lon qildi. Beşta aholi punktlari nomma-nom keltirilgan: şimolda Dnepropetrovsk oblast bilan çegara hududidagi Visokopilya, Novovoznesenske va Mirolyubivka, janubroqda Mikolayiv oblasti çegarasidagi Bilogirka va Suxiy Stavok.
  • Ukraina prokuraturasi Çuguyiv rayonidagi ozod etilgan Zalizniçnoye qişloğida tinç aholi vakillari bölgan tört kişi jasadi topilgan - ularda qiynoq izlari aniqlangan.
  • Rossiyaning Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkov duşanba kuni tongda ukrain harbiylari artilleriyadan rossiyaliklarning Logaçyovka qişloğidagi çegara punktini öqqa tutganni xabar qildi, natijada keksa yoşli ayol halok bölib, yana tört kişi yaralangan.
  • Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya Yevropaga elektr energiyasi eksport qilmasligi uçun Ukrainaning energetika obektlariga raketa zarbalari berayotganini aytdi.
  • Ukraina vitse-premeri Irina Vereşçuk ozod etilgan hududlarda bu yerga Rossiya dasturi böyiça dars beriş uçun kelgan rossiyalik öqituvçilar qölga olingani — endi ular sud qilinişi va uruş urf-odatlarini buzgani uçun 12 yilgaça qamalişi mumkinligini aytdi.
  • Qrim rahbari Sergey Aksenov tarmoqda Boğçasaroydagi töylardan birida «Çervona Kalina» qöşiği kuylangani aks etgan video tarqalgaç, «natsionalistik madhiyalarni kuylaganlar»ga jinoiy iş oçiş bilan tahdid qildi 
  • Moskva va Sankt-Peterburgning 18 okrugidagi munitsipal deputatlar RF prezidenti Vladimir Putinning iste’fosi talab etilgan bayonotni imzolaşdi.

Quyida 12 sentabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Xarkiv öqqa tutilişi oqibatlari

Elektr uzatiş liniyasi fonida kötarilgan tutun. Rossiya armiyasi Xarkiv oblastidan çekingaç Xarkiv şahri har kuni öqqa tutilmoqda. 12 sentabr kuni şahar yana elektr va suv ta’minotisiz qoldi.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Elektr uzatiş liniyasida majaqlangan ustun va simlar. Rossiya muhim infratuzilma obektlariga zarba berişda davom etmoqda.
Vyacheslav Madiyevskyy / Reuters / Scanpix / LETA
Öt öçiruvçilar rossiyaliklar zarbasidan keyin politsiya binosida çiqqan yonğinni öçirmoqda.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar zarbasidan keyin şahardagi köçalardan birida yotgan odam jasadi.
Vitalii Hnidyi / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar zarbasidan vayron bölgan binodan butun qolgan buyumlarini olib çiqayotgan mahalliy aholi vakillari. Ukraina Boş ştabiga köra, kun davomida rossiyalik harbiylar Ukraina hududidagi harbiy va fuqarolik obektlari böylab ikkita raketa va 25 aviatsiya zarbasi yöllagan, baravar öt oçiş reaktiv tizimidan 11 ta snaryad uçirilgan.
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA

 Xarkiv oblastining ukrain harbiylari ozod etgan hududlari

Ukrain harbiysi snaryad kelib tuşişidan yakson bölgan avtomobil fonida. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy sentabr oyi boşidan buyon ukrain armiyasi mamlakat şarqi va janubida olti ming kvadrat kilometr hududini ozod qilgani haqida aytdi.
Kostiantyn Liberov / AP / Scanpix / LETA
Ukrainlarning Xarkiv oblastidagi yöllardan birida turgan öziyurar artilleriya qurilmasi.
Kostiantyn Liberov / AP / Scanpix / LETA
Xarkiv oblastidagi yöllardan birida özining yarador quroldoşiga yordam berayotgan ukrainalik harbiy. Yaqin joyda ukrainlar harbiy texnikalari turganini köriş mumkin. Foto: Kostiantyn Liberov / AP / Scanpix / LETA
Rossiyalik askarlar Xarkiv oblastining Udi qişloğidagi hovlida daraxtga örnatib ketgan mina.
Ukraina milliy politsiyasi matbuot xizmati / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya armiyasi çekiniş vaqtida Izyum şahri atrofidagi hovlida taşlab ketilgan piyodalar jangovar maşinasi.
Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiysi rossiyalik harbiylar qoldirib ketgan tankni közdan keçirmoqda.
Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA

Belgorod oblastidagi qoçqinlar

Belgoroddagi («Viraj» avtomobil-sport kompleksi hududida) ukrain qoçqinlarini vaqtinça qabul qiliş markazi. 45 ta palatkaga Xarkiv oblastidan qoçib ötgan taxminan 500 kişi joylaştirilgan.
Anton Vergun / TASS
Keksa ayolga yordam körsatayotgan köngilli.
Anton Vergun / TASS

Kramatorskka zarba

Rossiyaliklar zarbasidan keyin yarim vayronaga aylangan uy yaqinida paydo bölgan haybatli öraga qarab turgan ayol. «Kramatorsk aviatsiya va raketalar bilan öqqa tutilmoqda, keçaning özida oltita raketa uçib keldi», — dedi duşanba kuni şahar meri Oleksandr Gonçarenko.
Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA
Lampa kötargan ayol zarbalardan keyin uydagi şikastlaniş darajasini közdan keçirmoqda.
Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA