Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim toifadagi fuqarolarga “proaktiv” shaklda nafaqa tayinlanadi
Oktabr oyidan nogironligi bo‘lgan yoki odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka chalingan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, shuningdek, parvarishlash nafaqalari fuqaroning murojaatisiz davlat xizmatlarini “proaktiv” shaklda ko‘rsatish amaliyoti orqali joriy qilinadi.
2022 yil 17 fevral kuni “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilingandi.
Mazkur farmonning 4-bandiga muvofiq 2022 yil oktabr oyidan boshlab 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar va odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka chalingan bolalarga to‘lanadigan nafaqalarni hamda parvarishlash nafaqasini fuqarolardan hech qanday murojaat talab etilmasdan “proaktiv” shaklda tayinlash tizimi joriy etilmoqda.
Qayd etilishicha, yuqoridagi tartib joriy qilinishi bilan bir yilda o‘rtacha 70 mingdan ziyod fuqarolarning nafaqa tayinlash uchun murojaat qilish amaliyoti bekor qilinadi va ushbu ijtimoiy to‘lovlar axborot tizimlaridan olingan ma’lumotlar asosida avtomat ravishda tayinlanishiga erishiladi.
Mavzuga oid
21:32 / 07.04.2026
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi?
16:56 / 07.03.2026
Qirg‘izistonda uch yoshgacha bo‘lgan har bir bola davlatdan nafaqa oladi
15:41 / 03.02.2026
Kambag‘allik chegarasidagi oilalarga nafaqa va yordam 6 oyga tayinlanadi
09:12 / 10.01.2026