Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda pasporti olib qo‘yilgan fuqarolarga hujjati va oylik maoshlari berildi
Fuqarolar haq-huquqlarini tiklash maqsadida Turkiston politsiya departamenti migratsiya xizmatiga xabar berilgan va fuqarolar pasporti, ish haqi olib berilgan va vatanga qaytishda ko‘maklashilgan.
Foto: Migratsiya agentligi
Qoraqalpog‘istonlik fuqarolar N.M. va F.N. joriy yil aprel oyida Qozog‘istonga ishlash uchun borgan.
Migratsiya agentligi xabariga ko‘ra, ularning pasportlari ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilib, ish haqi hisob-kitob qilinmagan.
Mazkur murojaat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Chimkent shahridagi vakili tomonidan o‘rganilganda, fuqarolar noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullangani, ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzmagani sababli muammo yuzaga kelgani aniqlangan.
Fuqarolar haq-huquqlarini tiklash maqsadida Turkiston viloyati politsiya departamenti migratsiya xizmatiga xabar berilgan va fuqarolar pasporti, ish haqi olib berilgan va vatanga qaytishda ko‘maklashilgan.
Mavzuga oid
20:23 / 31.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayevni qabul qildi
09:40 / 31.03.2026
Rossiya va Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chib kelish ko‘paymoqda
07:17 / 25.03.2026
Qozog‘istonda ilmiy-fantastik uslubdagi osmono‘par bino qurilishi boshlandi
08:51 / 24.03.2026