Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onadagi bog‘chada bolalarning ommaviy zaharlanishi qayd etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida 41 nafar bola zaharlangani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi rasmiy ma’lumot berdi.
2022 yil 14 sentabr kuni soat 18:00 larda Oltiariq tumani tibbiyot birlashmasiga tumandagi 39-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan 8 nafar voyaga yetmaganlar alimentar diareya (nomutanosib ovqatlanish oqibatida ovqat hazm qilish tizimi buzilishi) birlamchi tashxisi bilan yotqizilgan. Bemorlar umumiy holati qoniqarli.
14 sentabr kuni 33 nafar qayd qilingan muassasa tarbiyalanuvchilari ota-onalari farzandlari salomatligini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan.
Ularda qayd qilingan kasallik alomatlari aniqlanmagan, 20 nafari kuzatuv ostida shifoxonada qoldirilib, 13 nafari shifoxonadan chiqarilgan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Oltiariq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, ekcpertiza tekshiruvi uchun tegishli namunalar olinib, sud-tibbiy ekspertizalari tayinlangan.
Tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Mavzuga oid
21:04 / 24.02.2026
2025 yilda respublika bo‘yicha 44 ta holatda ovqatdan zaharlanish qayd etildi – Sanepidqo‘mita
10:01 / 24.02.2026
“Javobgarlikni hech kim bo‘yniga olmayapti” – Farg‘ona bog‘chalarida zaharlangan 70 dan ortiq bola shifoxonada qolmoqda
19:10 / 10.01.2026
Nestlé NAN xavotiri: bolalarda zaharlanish belgilari borligi aytilyapti
15:00 / 28.11.2025