Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonning Botken oblastida favqulodda vaziyat rejimi joriy etildi
Ma’lumotlarga ko‘ra, qirg‘iz-tojik chegarasidagi to‘qnashuvlar natijasida 24 nafar Qirg‘iziston fuqarosi halok bo‘ldi, 103 kishi jarohat oldi.
Foto: 24.kg
Qirg‘iziston hukumatining ishonchli vakili, fuqaro mudofaasi rahbari Abdikarim Alimbayevning buyrug‘iga muvofiq, Botken oblastida favqulodda vaziyat rejimi joriy etildi, deb xabar berdi 24.kg.
Xabarda aytilishicha, ushbu qaror Qirg‘izistonning Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida yuz bergan qurolli nizo sababli qabul qilindi.
Favqulodda vaziyat rejimi fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, aholini evakuatsiya qilish, odamlar halok bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik va tegishli kuchlarni safarbar qilish uchun joriy etildi, deyiladi xabarda.
16 sentabr kuni Qirg‘iziston chegara xizmati Tojikiston tomoni Laylak va Botken rayonlaridagi aholi maskanlarini o‘qqa tutganini ma’lum qildi.
Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumot berishicha, chegaradagi to‘qnashuvlar natijasida 24 nafar Qirg‘iziston fuqarosi halok bo‘ldi, 103 kishi jarohat oldi.
Mavzuga oid
09:53 / 11.03.2026
Qirg‘izistonda Hayit sanasi e’lon qilindi: Ramazon oyi yana 29 kun bo‘lishi mumkin
16:56 / 07.03.2026
Qirg‘izistonda uch yoshgacha bo‘lgan har bir bola davlatdan nafaqa oladi
21:53 / 26.02.2026
Yevropa Ittifoqi Qirg‘izistondan Rossiyaga reeksport ustidan nazoratni kuchaytirishni talab qildi
17:44 / 23.02.2026