MB raisi o‘rinbosari tumanga hokim bo‘ldi
Abduqahhor To‘xtayev Shayxontohur tumani hokimligidan ketdi. Uning o‘rnini Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Botir Zohidov egalladi.

Botir Erkinovich Zohidov Shayxontohur tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Botir Zohidov 1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2003 yil Toshkent moliya institutini, 2008 yil Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
Zohidov 20 yil davomida bank tizimida ishlagan. Markaziy bankda valuta ayirboshlash va konversion operatsiyalar maxsus boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. 2017 yil avgustida Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. 2020 yildan buyon MB raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Shayxontohur tumaniga 2019 yil mayidan buyon Abduqahhor To‘xtayev hokimlik qilib kelayotgandi.

Abduqahhor To‘xtayev 2005-2011 yillarda Toshkent shahri hokimi bo‘lgan, 2013—2016 yillarda «O‘zLITIneftgaz» kompaniyasi rahbari o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan. 2016 yil kuzida Jizzax shahri hokimi, 2017 yilning aprelida Toshkent shahrining Olmazor tumani hokimi etib tayinlangandi. 2018 yilning aprelida esa Abduqahhor To‘xtayev yangi tashkil etilgan Qurilish vazirligiga rahbar bo‘lgandi. U bu lavozimda 2019 yil mayigacha qolgan va keyin Shayxontohur tumani rahbarligiga o‘tkazilgandi.
Bundan oldinroq iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Saidqahhor Xolxo‘jayev Toshkent shahridagi boshqa bir tuman - Chilonzor tumaniga hokim etib tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20
-
FTB sobiq direktori Trampni o‘ldirishga chaqirganlikda gumonlanmoqda
Jahon | 17:17
-
Rossiyada migrant yigit yonayotgan kvartiradan uch bolani qutqardi
Jahon | 16:50
-
Radarlar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46
Mavzuga oid

12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi

11:53 / 06.05.2025