Olmazor tumani hokimi Abduqahhor Töxtayev yangi taşkil etilgan Quriliş vazirligiga rahbar etib tayinlandi. Bu ma'lumot «Kun.uz» manbasi tomonidan tasdiqlandi.

2005—2011 yillarda Toshkent hokimi bölgan Abduqahhor Töxtayev 2013—2016 yillarda «ÖzLITIneftgaz» kompaniyasi rahbari örinbosari sifatida faoliyat olib borgan. 2016 yil kuzida Şavkat Mirziyoyev uni Jizzax şahri hokimi etib tayinlagandi, 2017 yil aprelida esa Abduqahhor Töxtayev Toşkentning Olmazor tumaniga hokim etib tayinlandi. 

Özbekiston Quriliş vazirligi prezidentning «Quriliş sohasida davlat boşqaruvi tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni bilan taşkil etilgandi.

Davlat arxitektura va quriliş qömitasi negizida Quriliş vazirligi taşkil etildi va quyidagilar uning vazifalari etib belgilandi:

  • şaharsozlik va quriliş uçun muhandislik-texnik izlanişlar sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni olib boriş, mehnat unumdorligini oşiriş, quriliş-montaj işlari qiymatini kamaytiriş, resurslardan oqilona foydalanişni ta'minlaydigan energiya samarador va energiya tejaydigan innovatsion loyiha va qarorlarni quriliş faoliyatiga joriy etiş;
  • respublika hududida aholini joylaştirişning boş sxemasini, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent şahar, tumanlar, şaharlar hududlarini rejalaştiriş sxemalarini, aholi punktlarining boş rejalarini va boşqa şaharsozlik hujjatlarini işlab çiqiş va tasdiqlaşni taşkil qiliş, ularning amalga oşirilişi ustidan monitoring yuritiş;
  • şaharsozlik sohasida davlat siyosatining asosiy yönalişlari böyiça takliflar tayyorlaş, arxitektura-quriliş faoliyatini rivojlantirişning uzoq muddatli va örta muddatli davlat dasturlarini işlab çiqiş, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlaşda iştirok etiş;
  • loyiha işi va quriliş faoliyatini muvofiqlaştiriş, loyiha-qidiruv taşkilotlarining iş samaradorligini oşiriş va hududiy tarmoqlarini kengaytiriş, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qöllaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha yeçimlarini işlab çiqişni taşkil etiş, şaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qiliş;
  • şaharsozlik va şaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillaştiriş va yangilaş, idoraviy quriliş norma va qoidalarini işlab çiqişni muvofiqlaştiriş, loyihalaş, quriliş, quriliş materiallari va buyumlarini işlab çiqariş sohasida standartlaştiriş işlarini amalga oşiriş;
  • arxitektura, loyihalaş va quriliş sohasida malakali kadrlarni tayyorlaş, ixtisoslaştirilgan ta'lim muassasalarida öquv jarayonining darajasi va sifatini tubdan yaxşilaş, quriliş sohasida, jumladan, çet eldagi yetakçi ilmiy-tadqiqot muassasalarida loyihaçilar va mutaxassislarni qayta tayyorlaş va malakasini oşirişga kömaklaşiş.