Quriliş vaziri Abduqahhor Töxtayev Şayxontohur tumani hokimi etib tayinlandi.
Kun.uz manbasi xabar berişiça, xalq deputatlari Şayxontohur tumani kengaşining 10 may kuni bölib ötgan navbatdan taşqari sessiyasida Töxtayevning nomzodi bir ovozdan qabul qilingan.
Ma'lumot uçun, Abduqahhor Töxtayev 1996-1999 yillarda ham Şayxontohur tumanini boşqargan.
U 2005—2011 yillarda Toşkent şahri hokimi bölgan, 2013—2016 yillarda «ÖzLITIneftgaz» kompaniyasi rahbari örinbosari sifatida faoliyat olib borgan. 2016 yil kuzida Jizzax şahri hokimi, 2017 yilning aprelida Toşkent şahrining Olmazor tumani hokimi etib tayinlangandi. 2018 yilning aprelida esa Abduqahhor Töxtayev yangi taşkil etilgan Quriliş vazirligiga rahbar bölgandi.
Eslatib ötamiz, Şayxontohur tumanining avvalgi hokimi Şuhrat Sanjaroviç Muhammadxonov şu yilning aprel oyi boşida prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan 1-çorak yakunlari böyiça videoselektor davomida işdan olingandi. U bilan birga hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari Şuxrat Zakirjanoviç Sadikov va soliq inspeksiyasi rahbari Faxriddin Abdunabiyev Umaroviç ham lavozimidan ozod etilgandi.












