Jahon | 23:04 / 26.09.2022
8721
1 daqiqa o‘qiladi

Apple kompaniyasi iPhone ishlab chiqarishni Xitoydan Hindistonga ko‘chiradi

Ushbu qaror Pekin va Vashington o‘rtasidagi keskinlik o‘sishi sharoitida Xitoydagi ishlab chiqarishning siyosiy xatar ostida qolishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Foto: Reuters

Apple kompaniyasi iPhone 14 ishlab chiqarishni Xitoydan Hindistonga ko‘chirishini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Tahlilchilarning taxminlariga ko‘ra, ushbu qaror Pekin va Vashington o‘rtasidagi keskinlik o‘sishi sharoitida Xitoydagi ishlab chiqarishning siyosiy xatar ostida qolishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, Hindiston smartfonlar bozori kattaligi bo‘yicha Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

J.P.Morgan ma’lumotlariga ko‘ra, Apple yil oxiriga borib iPhone ishlab chiqarish quvvatining besh foizini Hindistonga ko‘chiradi. 2025 yilga borib esa ishlab chiqarilayotgan iPhone smartfonlarining 25 foizi Hindiston ulushiga to‘g‘ri keladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid