Sport | 18:04 / 26.09.2022
11127
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston olimpiya jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Janubiy Koreya bilan durang o‘ynadi

FIFA kunlari doirasida O‘zbekiston olimpiya jamoasi Janubiy Koreyada mezbon mamlakat olimpiya jamoasiga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

Foto: O‘FA

Bu safargi bahsda ham Temur Kapadze shogirdlari birinchi bo‘lib hisobni ochishdi. 49-daqiqada Husayn Norchayevning uzatmasini Ruslan Jiyanov golga aylantirdi – 0:1.

Ikkinchi bo‘limning 79-daqiqasida esa mezbonlar jarima zarbasini mukammal ijro etib, hisobni tenglashtirishdi – 1:1.

Shu tariqa, uch kun avvalgi bahsdek bu safar ham o‘rtoqlik o‘yini 1:1 hisobi bilan yakunlandi.

O‘rtoqlik o‘yini. 26 sentabr
Janubiy Koreya U23 – O‘zbekiston U23 – 1:1

Gollar: Cho Xyun Taek 79 – Ruslan Jiyanov 49.
O‘zbekiston U23: 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov (4.Behzod Shamsiyev, 70), 3.Dostonbek Tursunov, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 8.Ibrohim Ibragimov (17.Diyor Xolmatov,  90), 10.Jasur Jaloliddinov (6.Muhammadaziz Ibragimov, 66), 11.Otabek Jo‘raqo‘ziyev (9.Ulug‘bek Hoshimov, 46), 16.Alibek Davronov, 19.Husayn Norchayev (7.Timur Mamasidiqov, 71), 20.Ruslan Jiyanov (22. Alisher Odilov, 66), 23.Abdurauf Bo‘riyev.

Усмон Ибодов
Tayyorlagan Усмон Ибодов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid