Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mo‘ynoqda «Orol baliqlaridan 99 xil taom» festivali o‘tkaziladi
Joriy yil 29–30 sentabr kunlari Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida «Orol baliqlaridan 99 xil taom» gastronomik festivali o‘tkaziladi.
Festivaldan ko‘zlangan maqsad Qoraqalpog‘istonda, xususan, Mo‘ynoq tumanida o‘ziga xos bo‘lgan gastronomik turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish, hududda madaniy va ko‘ngilochar tadbirlar sonini ko‘paytirish va bu orqali hududga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy sayyohlar sonini yanada ko‘paytirish bilan izohlanadi.
Tadbir davomida mahalliy oshpazlarning baliqdan taomlar tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari, oshpazlar o‘rtasida bellashuv, mahalliy hunarmandlar ko‘rgazmalari, milliy estrada va folklor ijrochilari, milliy raqs ansambli tomonidan konsert dasturi va boshqa ko‘ngilochar tadbirlar namoyishi hamda musobaqa g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
20:00 / 14.03.2026
Sirdaryoda baliq ovlaganlar tabiatga qariyb 520 million so‘mlik zarar yetkazdi
08:35 / 12.01.2026
Mo‘ynoqda yangi quduqdan sanoat miqyosida gaz oqimi aniqlandi
23:25 / 27.12.2025
Navoiyda noqonuniy tarzda qariyb yarim tonna baliq ovlaganlar ushlandi
07:35 / 22.11.2025