Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokomissiya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qilishga tayyorlanmoqda
Foto: RIA Novosti
Yangi sanksiyalar paketi neft narxining yuqori chegarasini o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, mavjud sanksiyalarni biroz yumshatish rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi Politico.
Ukrainada davom etayotgan urush fonida Yevrokomissiya 28 sentabr, chorshanba kuni Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar, jumladan, neft narxining yuqori chegarasini joriy etish bo‘yicha takliflarni e’lon qiladi. Shu bilan birga, mavjud sanksiyalarni yumshatish ko‘zda tutilgan, deya xabar berdi Politico. Kunning ikkinchi yarmida Yevropa ittifoqi mamlakatlari vakillari uchun brifing o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Nashrning yozishicha, Yevrokomissiya Rossiya nefti narxini cheklash maqsadida transport va sug‘urta kompaniyalari, agar u sotilayotgan ma’lum chegara narxidan oshsa, Rossiya neftini tashish yoki sug‘urtalashni taqiqlovchi variantni taklif qiladi. Ushbu cheklov hozirda Rossiya nefti Osiyoda sotilayotgan narx bilan bir xil bo‘ladi (Yevropadagidan taxminan 30 foizga arzon).
Shu bilan birga, xuddi shunday sanksiyalar G7’dagi ittifoqchilar, jumladan, tankerlarning aksariyati sug‘urtalangan Buyuk Britaniya tomonidan ham joriy etilishi taxmin qilinmoqda. Gap shundaki, agar bu ittifoqchilar narxlarni cheklashga rasman rozi bo‘lmasa ham, Xitoy va Hindiston kabi mamlakatlarda Rossiya nefti uchun ko‘proq pul to‘lashga rag‘bat bo‘lmaydi, deya tushuntirgan Politico.
Nashrning ta’kidlashicha, narx chegarasini joriy etish muammosi uzoq vaqtdan beri Kipr va Gretsiyaning qarshiligiga uchrab kelgan, ularning yuk tashish kompaniyalari Rossiya neftini tashishdan katta daromad oladi. Politico xabariga ko‘ra, ular bilan dastlabki qaror kelishilgan, unga ko‘ra ular tovon puli oladi.
Shu bilan birga, Yevropa komissiyasi, aftidan, Rossiya Federatsiyasiga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni yumshatish, Rossiya o‘g‘itlari, sement va boshqa mahsulotlarni yetkazib berishga qo‘yilgan taqiqni qisman olib tashlashni taklif qiladi, deya qayd etgan Politico. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaga qarshi sakkizinchi sanksiyalar to‘plamida neft narxi bo‘yicha cheklovlar mavjud emasligi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:49 / 24.01.2026
Rossiyada urush qatnashchilarini dafn etish uchun rekord mablag‘ ajratildi
13:18 / 24.01.2026
Germaniya: Moskva murosaga tayyor bo‘lmasa, natija bo‘lmaydi
13:05 / 24.01.2026
2025 yilda Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish 30 foizga oshdi
12:52 / 24.01.2026