Arestovich: Birinchi safarbar qilingan rossiyaliklar urushga jo‘natildi
Birinchi safarbar qilingan rossiyaliklar allaqachon urushga jo‘natildi. Bu haqda «Feygin Live» YouTube kanali efirida Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Oleksiy Arestovich aytib o‘tdi
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi chaqirilgan harbiy xizmatchilar Luhansk oblastidagi Svatovoy hududi va Xarkiv oblastidagi «teshikni shoshilinch yopish zarurati» bo‘lgan qismlarga yuborilgan.
«Asosiy massa ikki hafta ichida yig‘iladi», dedi Arestovich. Shu bilan birga, u harbiy xizmatchilar frontga jo‘natilishdan oldin to‘liq tayyorgarlikdan o‘tmaganiga ishonch bildirdi. Ukraina rasmiysi, shuningdek, birinchi to‘lqinda Rossiya qo‘mondonligi 90 000 ga yaqin safarbar qilingan ruslarni jangga tashlashini aytdi.
Bundan tashqari, u Ukraina Qurolli kuchlarining Donetsk oblastidagi Liman hududida olg‘a siljishi davom etayotganini va oxir-oqibat Rossiya bo‘linmalari qurshab olinishini aytdi. «Bu harakatni to‘xtatib bo‘lmaydi. U yerda ularni kichkina, chiroyli «qozon» kutmoqda. Hammasi allaqachon mavjud - ular yetib kelishini kutyapmiz», - dedi Arestovich.
Avvalroq Kiyev Moskva bilan hammani hammaga formulasi bo‘yicha asirlarni almashish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani ma’lum qilingandi.
Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka bosh boshqarmasi rahbari Kirill Budanovning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar qiyin kechmoqda. Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina va Rossiya asirlarining so‘nggi almashinuviga ikki oydan ortiq vaqt davomida tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
22:59 / 26.11.2024
Ukraina – Janubiy Koreya: kutilmaganda paydo bo‘lgan ittifoq
19:07 / 26.11.2024
Ukraina armiyasiga yollangan britaniyalik Rossiyada asirlikka tushdi
17:41 / 26.11.2024
«Putin doim hujumga tayyor, Tramp – tabiatan developer». Merkelning memuaridan parchalar
13:20 / 26.11.2024