Uning sözlariga köra, muzokaralar qiyin keçmoqda. Budanovning qöşimça qilişiça, Ukraina va Rossiya Federatsiyasi asirlarining sönggi almaşinuviga ikki oydan ortiq vaqt davomida tayyorgarlik körilmoqda.
Şu bilan birga, Budanov aynan qança asirlar haqida gapirayotganini tuşuntirmagan. Ayni paytda, Ukraina boş vaziri örinbosari Irina Vereşçukning sözlariga köra, hozirda 2,5 ming ukrainalik Rossiya asirligida bölib turibdi.
Öz navbatida, Qöşma Ştatlar Ukrainaga 1,1 milliard dollarlik yangi qurol paketini taqdim etişini e’lon qildi.
AQŞ Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga köra, uning tarkibiga 18 ta HIMARS yalpi öt oçiş reaktiv tizimlari va öq-dorilar, 150 ta Humvee zirhli yöltanlamaslari, 150 ta taktik maşinalar, radarlar, şuningdek, yaqinda Rossiya qöşinlari tomonidan qöllanilgan Eronda işlab çiqarilgan zarba beruvçi dronlarga qarşi mudofaa tizimlari kiradi.
Bundan oldin Germaniya Ukrainaga eng yangi IRIS-T havo hujumidan mudofaa tizimini yetkazib berişi xabar qilingandi. Bu haqda Germaniyaning Ukrainadagi elçisi Anka Feldxuzen aytib ötdi.
«Ukrainska pravda» naşriga bergan intervyusida u ikkinçi tizim Ukrainaga joriy yilning oxirigaça, yana ikkitasi esa keyingi yilning boşida kelişini aytdi.
Feldxuzenning sözlariga köra, Berlin va’da qilgan havo hujumidan mudofaa tizimlari hozirda işlab çiqarilmoqda. Elçi yetkazib berişdagi keçikişlar siyosiy qarorlar bilan emas, balki IRIS-T işlab çiqarişning öziga xos xususiyatlari bilan boğliqligini ta’kidladi.













