Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki Ukrainaga 530 million dollar ajratadi
Jahon bankining yordami Ukrainada sog‘liqni saqlash, ta’lim va pensiyalarni moliyalashtirishga qaratilgan. Umuman olganda, bank allaqachon Kiyevga 11 milliard dollar ajratgan.
Jahon banki Kiyevga Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi tufayli yuzaga kelgan favqulodda ehtiyojlar uchun qo‘shimcha 530 million dollar ajratadi. Bu haqda 30 sentabr, juma kuni tashkilot ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Buyuk Britaniya (500 million dollar) va Daniya (30 million dollar) kredit kafolatlarini taqdim etgan. Mablag‘lar sog‘liqni saqlash, ta’lim va ijtimoiy himoya kabi asosiy davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan.
«Ukrainadagi vayronagarchilik, zarar va ko‘chish ko‘lami hayratlanarli va o‘sib bormoqda», dedi Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Anna Berde.
U xalqaro hamjamiyatning Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotganini ta’sirli deb atadi. «Ukraina xalqi oldida tiklanishning uzoq yo‘li turibdi va rivojlanish bo‘yicha hamkorlar ularni qo‘llab-quvvatlashda davom etishlari kerak», dedi u.
Bugungi kunga qadar Jahon banki Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan beri Ukrainaga shoshilinch yordam uchun deyarli 13 milliard dollarni safarbar qildi. Ularning 11 milliardi allaqachon Kiyevga o‘tkazib berilgan.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026