Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qodirov Ukrainada kichik quvvatli yadro qurolidan foydalanishga chaqirdi
Ramzon Qodirovning fikricha, armiyadagi qarindosh-urug‘chilik yaxshilikka olib kelmaydi.
Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Rossiya qo‘shinlari Donbassdagi Krasniy Liman shahrini tashlab chiqishgani haqidagi xabarni izohlarkan, bunday holat yana qaytarilmasligi uchun «yanada keskinroq choralar» ko‘rish kerakligini aytdi.
«Rossiya mudofaa vazirligi oliy bosh qo‘mondonga nima deb hisobot berayotganini bilmayman, ammo shaxsiy fikrimcha, chegaradosh hududlarda harbiy holat e’lon qilishdan tortib kichik quvvatli yadro qurolidan foydalanishgacha bo‘lgan yanada keskinroq choralar ko‘rish kerak»,— deyiladi Qodirovning Telegram-kanalida.
«Har bir qarorni G‘arb-Amerika jamiyatiga qarab qabul qilish kerak emas – ular shundoq ham bizga qarshi ko‘p gapirdi va ko‘p narsalarni amalga oshirdi», deb ta’kidladi Checheniston rahbari.
U mazkur muvaffaqiyatsizlikda general-polkovnik Aleksandr Lapinni aybladi.
Qodirovning fikricha, armiyadagi qarindosh-urug‘chilik yaxshilikka olib kelmaydi.
«Armiyada qat’iyatli, jasur, prinsipial, o‘z jangchilari uchun qayg‘uradigan odamlarni qo‘mondonlikka tayinlash kerak. Armiyada ayniqsa, murakkab vaqtda qarindoshchilikka o‘rin yo‘q», dedi Qodirov.
Avvalroq Rossiya mudofaa vazirligi rus askarlari Krasniy Liman shahrini tark etganini bildirgandi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026