Jahon | 13:25 / 04.10.2022
11548
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Federatsiyalar kengashi Ukraina hududlari annexiasini ma’qulladi

Rossiya Federatsiyalar kengashi a’zolari o‘zini «DXR» va «LXR» deb e’lon qilgan, shuningdek, Ukrainaning Zaporijjya va Xerson oblastlarining egallab olingan hududlarini «Rossiya tarkibiga qabul qilish» to‘g‘risidagi bitimlarni bir ovozdan ma’qulladi. 

Foto: TASS

Rossiya OAV tomonidan e’lon qilingan xabarlarda aytilishicha, endi tegishli hujjat Rossiya prezidenti tomonidan imzolanishi kerak.

Rossiya Konstitutsiyaviy sudi 30 sentabr kuni Kremlda imzolangan Ukrainaning bosib olingan oblastlarini «Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qabul qilish» to‘g‘risidagi shartnomalarni ma’qulladi.

Shunday qilib, Konstitutsiyaviy sud Ukrainaning Zaporijjya va Xerson oblastlari, shuningdek, «DXR» va «LXR»ni Rossiya qonunlariga muvofiq «Rossiyaga qabul qilish to‘g‘risidagi shartnomalar»ni ko‘rib chiqdi.

Sud tomonidan ma’qullanishi - Ukraina hududlarini Rossiya tomonidan annexia qilish bo‘yicha rasmiy tartibdagi qadamlardan biri. Endi Rossiya prezidenti Vladimir Putin shartnomalarni ratifikatsiya qilish uchun Davlat dumasiga yuborishi va shu bilan birga «yangi hududlarni qabul qilish» to‘g‘risidagi federal konstitutsiyaviy qonunni kiritishi kerak bo‘ladi.

30 sentabr kuni Kremlda o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan «DXR», «LXR» hamda bosib olingan Xerson va Zaporijjya oblastlarining Rossiyaga «kirish to‘g‘risidagi shartnomalari» imzolandi. Ulardan oldin bosib olingan hududlarda psevdoreferendumlar o‘tkazildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid