Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Polshaning tovon puli haqidagi talabini rad etdi
Germaniya TIV rahbari Annalena Berbok Varshavaning tovon to‘lash haqidagi talablarini qat’iyan rad etdi. Polsha Germaniyaning bu masala bo‘yicha pozitsiyasi «o‘zgaradi» degan fikrni bildirdi.
Germaniya hukumati nuqtayi nazaridan, Ikkinchi jahon urushi davrida natsistlar bosqinining mamlakatga yetkazilgan zarari uchun Polshaga tovon to‘lash masalasi yopiq. Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok 4 oktyabr, seshanba kuni Varshavada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytdi. Germaniya tashqi ishlar vaziri Polshaning to‘lovlar bo‘yicha da’volarini qat’iyan rad etdi.
Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, «abadiy vazifa» Germaniya polshaliklarga keltirgan azob-uqubatlarni eslab qolishdir. «Germaniya, shubhasiz, o‘zining tarixiy mas’uliyatini zimmasiga oladi», dedi Berbok.
Bir kun avval Polsha tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau Germaniyaga tovon undirish talabi bilan nota imzoladi. Uning ta’kidlashicha, Polsha tomonlar ishg‘ol bilan bog‘liq moddiy va nomoddiy zarar uchun tovon to‘lash masalasini hal etishini talab qilmoqda.
Germaniya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuvdan so‘ng Zvignev Rau GFRning bu boradagi pozitsiyasi «o‘zgarishi» haqida fikr bildirdi. U Polsha va Germaniyaning o‘tmish, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi birgalikdagi mas’uliyatiga ishora qildi.
Sentabr oyi boshida Polshaning hukmron «Qonun va adolat» (PiS) partiyasi rahbari Yaroslav Kachinskiy tovon miqdorini 1,3 trillion yevroga baholagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu miqdor konservativ tarzda hisoblangan va bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin.
Germaniya tashqi ishlar vazirligi vakili bunga javoban Germaniya Polshaning Ikkinchi jahon urushidan yetkazilgan zararni qoplash talabiga hech qanday sabab ko‘rmayotganini aytdi. U Berlin qayta-qayta murojaat qilgan argumentni takrorladi: Polsha 1953 yildayoq keyingi tovon to‘lashdan bosh tortgan va buni bir necha bor tasdiqlagan.
2017 yil sentabr oyida Germaniya hukumatining o‘sha paytdagi matbuot kotibi Shteffen Zaybert Ikkinchi jahon urushi davrida fashistlarning «aqlga sig‘maydigan jinoyatlari» uchun mas’ul bo‘lgan Berlin Polshaga tovon puli to‘lab bo‘lganini ta’kidladi. Bundan tashqari, Germaniya natsistlar rejimining jinoyatlari oqibatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishda davom etmoqda.
Mavzuga oid
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
20:04 / 17.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi
10:05 / 17.06.2026