Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramzan Qodirov general-polkovnik maqomini oldi
Ramzan Qodirov general-polkovnik harbiy darajasini olganini ma’lum qildi. Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, yangi harbiy daraja olganini unga Rossiya prezidenti Putin aytgan va tabriklagan.
Ramzan Qodirov RF prezidenti Vladimir Putin unga general-polkovnik harbiy darajasini berganini aytdi. Bu haqda Checheniston rahbari telegram-kanalida yozib qoldirgan.
«Sizlar bilan yana bir yoqimli yangilikni bo‘lishishni istayman. Rossiya prezidenti menga general-polkovnik maqomini berdi. 709-raqamli farmon chiqdi. Vladimir Vladimirovich menga bu haqda shaxsan o‘zi aytdi va tabrikladi. Men Oliy Qo‘mondonimizdan xizmatlarimni yuqori baholagani uchun cheksiz minnatdorman! Bu men uchun ulkan sharaf. So‘z beraman, ishonchni oqlayman», degan u.
709 raqamli farmon rasman e’lon qilinmagan. 5 oktyabr kuni Ramzan Qodirov 46 yoshga chiqdi.
General-polkovnik maqomi RF qurolli kuchlarida marshal va armiya generalidan keyingi uchinchi daraja hisoblanadi. Qodirov general-leytenantlik maqomini urushning ilk davrida, 2022 yil martida olgandi.
Mavzuga oid
14:47 / 12.01.2026
Ukraina razvedkasi: Qodirovning sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli Kreml unga voris izlamoqda
19:43 / 04.01.2026
Qodirov omma oldida hassa tutgan holda ko‘rinish berdi
02:36 / 06.12.2025
Dronlar Chechenistondagi «Grozniy-Siti» kompleksiga hujum qildi
14:53 / 12.11.2025