Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pragada Aliyev, Erdo‘g‘an va Pashinyan uchrashuv o‘tkazdi
Chexiya poytaxti Pragada Yevropa siyosiy jamoatchiligi sammiti o‘tkazildi. Sammit doirasida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Pashinyan Pragaga borishidan asosiy maqsadi Turkiya yetakchisi Rajab Erdo‘g‘an bilan uchrashish ekanini aytgandi. Pashinyan va Erdo‘g‘an ilk marta o‘zaro uchrashuv o‘tkazishdi. Aliyev va Pashinyan ham o‘zaro yakkama-yakka uchrashuv o‘tkazgan. Shuningdek, uchala davlat rahbari birgalikda muloqot qildi.
Ozarboyjon va Armaniston yetakchilari Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel bilan ham uchrashuvlar o‘tkazishi kutilgandi. Bu uchrashuvlar Armaniston va Ozarboyjonni chegara masalasida tinchlikka chorlashga qaratilishi aniq, ammo hozircha ularning tafsilotlari ma’lum emas.
Mavzuga oid
15:04 / 13.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
16:54 / 09.06.2026
«50 foizdan kam». Rossiya telekanallari Pashinyanning g‘alabasini «tan olmadi»
09:00 / 09.06.2026
Armaniston yevropacha kelajakni tanladi - YeI rahbarlari
22:08 / 18.05.2026