Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda triatlon bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkaziladi
8-9 oktabr kunlari Samarqand shahrida birinchi marta triatlon bo‘yicha xalqaro «2022 Asian Triathlon Cup Samarkand» turniri va havaskorlar hamda professionallar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi.
Triatlon — multisport poygasidan iborat bo‘lib, uchta bosqichni o‘z ichiga oladi: suzish, velopoyga va yugurish.
Samarqand turniri standart yoki olimpiya tizimi bo‘yicha o‘tkaziladi. Sportchilar unda 1500 m masofaga suzishadi, 40 km velopoygada ishtirok etib, 10 km masofaga yugurishadi.
Xalqaro turnirda 30 mamlakatdan kelgan 70 sportchi ishtirok etadi. O‘zbekiston chempionatida 160 sportchi qatnashadi.
Triatlon 2000 yildan beri Olimpiada, 2016 yildan beri Paralimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilgan.
Mavzuga oid
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
18:49 / 04.06.2026
Saida Mirziyoyeva Global ekologik jamg‘arma Assambleyasida ishtirok etdi
20:37 / 03.06.2026