O‘zbekiston | 07:10 / 11.10.2022
3551
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryo va Farg‘onada yer silkinishi qayd etildi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, 11 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:23 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. 

Zilzila koordinatalari: 37,11 gradus shimoliy kenglik; 71,27 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,5. Chuqurlik 160 km. Zilzila episentri Toshkentdan 495 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Surxondaryo viloyatida 2 ball, 355 km;
  • Farg‘ona viloyatida 2 ball, 366 km.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid