Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zgidromet» kutilayotgan qish mavsumi uchun taxminiy prognozini e’lon qildi
Foto: KUN.UZ
Iqlim ma’lumotlari tahlili va yetakchi jahon markazlari tomonidan 2022-2023 yillar qish mavsumi uchun tuzilgan dastlabki hisoblariga ko‘ra, qish mavsumi o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlar atrofida, undan biroz ko‘p hamda yog‘ingarchilik taqchilligi bilan bo‘lishi kutilmoqda.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, kutilayotgan qish mavsumi davomida sovuq ob-havo davrlarida harorat 5-10 daraja sovuqqacha, shimolda 15-20 daraja sovuqqacha pasayishi ehtimoli bor, bu qish oylari iqlim me’yoridan 5-8 darajaga pastdir.
Ta’kidlanishicha, prognozlar taxminiy xususiyatga ega va faqat butun mavsum umumiy xususiyatlari uchun foydalaniladi: mavsum o‘rtacha harorati me’yordan yuqori yoki past, yog‘ingarchilik mavsum davomida me’yordan ko‘p yoki kam kuzatilishi.
Qayd etilishicha, hatto bunday umumiy baholash aniqligi ham katta emas va 50-60 foizdan oshmaydi.
Mavzuga oid
10:35 / 16.02.2026
Hafta davomida harorat +25 darajagacha isishi kutilmoqda
10:32 / 16.02.2026
Qator viloyatlarda sel va suv toshqinlari bo‘yicha ogohlantirish e’lon qilindi
14:33 / 14.02.2026
Yashin tushdimi yoki AI mahsuli? Hokimlik O‘zgidromet xabarini rad etdi
11:30 / 13.02.2026