Jahon | 11:41 / 13.10.2022
8135
1 daqiqa o‘qiladi

Chexiya Shengen vizasiga ega rossiyaliklarga mamlakatga kirishni taqiqladi

Chexiya Boltiqbo‘yi davlatlaridan o‘rnak oladi va Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan urushi tufayli o‘z chegaralarini ruslar uchun yopadi.

Foto: 1lurer.am

25 oktyabrdan boshlab Chexiya Shengen vizasiga ega bo‘lgan rossiyaliklarning sayyohlik, sport yoki madaniy maqsadda mamlakatga kirishini taqiqlaydi. Bu holatda Yevropa ittifoqiga a’zo qaysi davlat viza bergani muhim emas, deb ma’lum qildi Chexiya tashqi ishlar vaziri Yan Lipavskiy 12 oktyabr, chorshanba kuni.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Rossiya Ukrainadagi tinch aholi manzillarini uyalmasdan bombardimon qilayotgan bir paytda», har kuni 200 ga yaqin rossiyalik fuqarolar xalqaro aeroport orqali Chexiyaga Shengen vizasi bilan kirib kelyapti.

Chexiya Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Polsha va Finlandiyaga qo‘shildi, ular Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan tajovuzi tufayli o‘z chegaralarini rossiyalik sayyohlar uchun yopib qo‘ygan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid