Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy: Annexia erkin xalqlar tomonidan tan olinmaydi
Volodimir Zelenskiy BMT Bosh assambleyasining Ukraina mintaqalarining Rossiya tomonidan annexia qilinishini qoralovchi rezolyutsiyasiga izoh berdi.
Foto: EPA
«Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh assambleyasining «Ukrainaning hududiy yaxlitligi: BMT nizomi tamoyillarini himoya qilish» tarixiy rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatlagan barcha 143 davlatga rahmat. Dunyo o‘z so‘zini aytdi: Rossiyaning annexia qilishga urinishi befoyda va erkin xalqlar tomonidan hech qachon tan olinmaydi», — deb yozdi Ukraina prezidenti Twitter'dagi mikroblogida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina o‘zining barcha yerlarini qaytarib oladi.
Bundan oldin BMT Bosh assambleyasi Rossiyaning Ukraina to‘rtta hududini annexia qilganini qoralovchi rezolyutsiyani ko‘pchilik ovoz bilan qabul qildi.
«Ukrainaning hududiy yaxlitligi. BMT nizomi tamoyillarini himoya qilish» hujjati o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan «DXR», «LXR», shuningdek, Rossiya tomonidan bosib olingan Zaporijjya va Xerson oblastlari hududlarida o‘tkazilgan «referendumlar»ni tan olmaydi.
Ta’kidlanishicha, soxta referendumlar yuridik kuchga ega emas va bu hududlarning maqomini o‘zgartirish, jumladan, Rossiyaga qo‘shib olish uchun asos bo‘la olmaydi.
Rossiyaning harakatlarini qoralovchi rezolyutsiyani 143 davlat vakillari qo‘llab-quvvatladi, 35 tasi betaraf qoldi. Yana besh davlat – Rossiya, Belarus, Suriya, Shimoliy Koreya va Nikaragua bunga qarshi chiqdi.
Mavzuga oid
09:35
Zelenskiy: “Bir yil o‘tdi - hech narsa o‘zgarmadi”
08:43
Rossiya Ukraina va AQSh bilan ilk uch tomonlama muzokaralarni o‘tkazadi
15:18 / 22.01.2026
Grenlandiya bo‘yicha bahs Ukrainaga ko‘mak haqidagi muzokaralarni izdan chiqardi
14:05 / 22.01.2026