O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari MDH sammiti doirasida uchrashdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 oktyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlisi doirasida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Markaziy Osiyoda ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va mintaqaviy sheriklikni mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Prezidentlar oliy darajada erishilgan, eng avvalo, tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, sanoat, energetika, transport, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi sohalarida ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish zarurligini ta’kidladilar.
Shuningdek, mintaqaviy tuzilmalar, shu jumladan ShHT va MDH doirasidagi hamkorlikka oid masalalar muhokama qilindi.
Mavzuga oid
20:00 / 02.09.2024
Imomali Rahmon bolalar va o‘qituvchilarni o‘zini kutib olish tadbirlariga chaqirishni taqiqladi
19:03 / 09.08.2024
Imomali Rahmon Markaziy Osiyo kelajagi uchun umumiy pozitsiyani shakllantirish kerakligini aytdi
22:20 / 20.06.2024
Tojikiston prezidenti hayitlik yig‘ish va milliylikka yot liboslarni taqiqlovchi qonunni imzoladi
20:07 / 09.05.2024