Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Qirg‘izistonga tashrif buyuradi
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Qirg‘iziston elchisi bilan o‘zbek-qirg‘iz hamkorligi holati va rivojlanish istiqbollarini ko‘rib chiqdi.
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Qirg‘iziston elchisi Muso Jamanbayev bilan uchrashdi.
Suhbat davomida sanoat kooperatsiyasi yangi qo‘shma loyihalarini ishlab chiqish, savdo shartnomalarini tuzish, Bishkek shahrida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya 10-yig‘ilishi hamda ikki mamlakat hududlari rahbarlarini jalb qilgan holda biznes-forum o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi tashrifini tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Investitsiya hamkorligini rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturini, Qishloq xo‘jaligi texnikasi va yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risidagi bitim hamda dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitimni ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tomonlar shahar transporti sohasida 1,85 million dollarlik loyihani moliyalashtirishni boshlagan. O‘zbek-qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasi faoliyatini muhokama qildi. Jamg‘arma mablag‘larini jalb qilgan holda Qirg‘izistonda yigiruv korxonasini tashkil etish loyihasini moliyalashtirish va travertinni birlamchi qayta ishlash loyihasini birgalikda amalga oshirishga kelishildi.
Gidroenergetika hamda transport va logistika sohalarida yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Suhbat yakunida muhokama qilingan yo‘nalishlar doirasida muvaffaqiyatli hamkorlik qilish maqsadida birgalikda ish olib borishni davom ettirishga sodiqlik bildirildi.
Mavzuga oid
10:14 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara hududlarni o‘zaro almashdi
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026