Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston meva va sabzavotlarni asosan Qozog‘iston va Rossiyaga sotyapti
O‘zbekiston asosan qaysi davlatlarga meva va sabzavotlarni eksport qilayotgani ma’lum qilindi.
Foto: Kun.uz
2022 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston 760,2 mln AQSh dollarlik meva va sabzavotlar eksport qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022 yilning 9 oyida eng ko‘p meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchilik qilyapti – 517,4 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Rossiya – 380 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 121 ming tonna;
- Xitoy – 61 ming tonna;
- Afg‘oniston – 26,5 ming tonna;
- Pokiston – 20,7 ming tonna;
- Belarus – 18,6 ming tonna;
- Tojikiston – 17,7 ming tonna;
- Turkiya – 11 ming tonna;
- Eron – 9,3 ming tonna;
- Gruziya – 6,8 ming tonna;
- Ukraina – 6,2 ming tonna;
- Ozarboyjon – 5,5 ming tonna;
- BAA – 4,2 ming tonna;
- Germaniya – 2,7 ming tonna.
Mavzuga oid
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
18:26 / 01.05.2026
Trampning o‘g‘illari Qozog‘iston volframiga sarmoya kiritdi
21:43 / 23.04.2026
Qozog‘iston O‘zbekistonga neft yetkazib berishni boshlashi mumkin
22:09 / 22.04.2026