Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa ittifoqi Armaniston chegara hududlariga kuzatuvchilarini yuboradi
Kuzatuv missiyasi 40 nafar diplomat ishtirokini o‘z ichiga oladi va ikki oyga mo‘ljallangan, deya Yevropa ittifoqi kengashi qarorini e’lon qildi Jozep Borrel.
Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasidagi mojaro fonida Yevropa ittifoqi Armanistonning chegara hududlariga kuzatuvchilarini yuboradi. Tegishli qaror tashqi ishlar vazirlari tomonidan 17 oktyabr, dushanba kuni Lyuksemburgda bo‘lib o‘tgan Yevropa ittifoqi kengashi yig‘ilishida qabul qilindi, deya ma’lumot berdi Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel.
Missiya tarkibiga 40 nafar diplomat kirishi kutilmoqda. Uning muddati shartli ravishda ikki oy bilan cheklangan. Borrelning so‘zlariga ko‘ra, kuzatuvchilarning maqsadi ikki davlat chegarasini mustahkamlash va nizolashayotgan ikki davlat o‘rtasida ishonchni mustahkamlash bo‘ladi.
O‘n kun avval Pragada Yevropaning 40 dan ortiq davlati vakillari bilan uchrashuv chog‘ida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Yevropa ittifoqi fuqarolik monitoringi missiyasini tuzishni ma’qullagan edi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel mojaroni hal qilishda vositachi bo‘ldi.
Tog‘li Qorabog‘ yuzasidan Yerevan va Boku o‘rtasida o‘nlab yillar davom etgan mojaro sentabr oyi o‘rtalarida yana avj oldi. Armaniston Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 13 sentabrga o‘tar kechasi Ozarboyjon chegaradagi Vardenis, Sotk, Artanish, Ishxanasar, Goris va Kapan aholi punktlari yo‘nalishini o‘qqa tuta boshlagan. Boku Yerevanni chegarada Dashkesan, Qalbajar va Lochin yo‘nalishlaridagi «keng ko‘lamli diversiya»da aybladi. Natijada har ikki tomondan 280 dan ortiq odam halok bo‘ldi, shundan so‘ng AQSh vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
09:45 / 15.06.2026
Armaniston sobiq prezidentiga mamlakatdan chiqish taqiqlandi
15:04 / 13.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
10:45 / 13.06.2026
Armanistonda saylov ovozlari qayta sanaldi
16:23 / 11.06.2026