Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Qora dengizda ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi
Foto: AP
Turkiya Qora dengiz uzra o‘zi ishlab chiqargan qisqa masofaga uchuvchi ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi.
Raketa 18 oktabr kuni ertalab soat 7:00 da sohil bo‘yidagi Rize shahri yaqinidagi aeroportdan uchirilgan. Uni uchirish uchun mobil platforma ishlatilgan.
Raketa 561 kilometr yo‘l bosib o‘tib, Rize g‘arbidagi Sinop shahri yaqinida qulagan. Raketa Turkiyada ishlab chiqarilgan shunga o‘xshash qurollarga qaraganda eng uzoq masofani uchib o‘tgan.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyada «Tayfun» deb nomlangan maxfiy raketa loyihasi bir necha yillardan buyon amalga oshirilmoqda.
Qurol ishlab chiqarishni nazorat qiluvchi Turkiya mudofaa sanoati prezidiumi loyiha haqidagi har qanday ma’lumotni oshkor etishdan bosh tortdi.
Mavzuga oid
09:51 / 06.05.2026
Turkiya o‘zining qit’alararo raketasini taqdim etdi
09:39 / 06.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi Turkiya fuqarosi Perudan O‘zbekistonga olib kelindi
07:44 / 05.05.2026
Turkiyada yashash ruxsatnomasi uchun to‘lov miqdori oshgani rad etildi
19:44 / 25.04.2026