AQShda karantin tufayli tug‘ilish darajasi o‘sgani qayd etildi
Amerikalik iqtisodchilar 2021 yilda Qo‘shma Shtatlarda tug‘ilish ko‘rsatkichining o‘sishini qayd etishdi.
Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar milliy byurosi hisobotida aytiladi.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2021 yilda mamlakatda tug‘ilish darajasi 2015-2019 yillarga nisbatan 6,2 foizga oshgan. Buning sabablaridan biri sifatida koronavirus bilan bog‘liq karantin cheklovlari sharoitida masofaviy ish rejimiga o‘tish ko‘rsatilgan.
Koronavirus pandemiyasining boshida tahlilchilar tug‘ilishning keskin pasayishini bashorat qilishgan edi.
«Iqtisodiyotning o‘sishi pasaygan sharoitda biz birinchi marta tug‘ilishning o‘sishini ko‘rmoqdamiz», dedi Shimoli-g‘arbiy universitet professori Hannes Shvandt.
2020 yil ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh aholisi soni 330 millionga yaqin kishini, aholining o‘sish sur’ati esa yiliga 0,4 foizni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
11:10
AQSh Yamandagi husiychilar nishonlariga raketa zarbalari berdi
09:50
AQSh Ukraina uzra Rossiya raketalarini urib tushirishdan bosh tortganiga izoh berdi
21:09 / 04.10.2024
AQShning davlat qarzi ilk bor 35 trln dollardan oshdi
11:00 / 04.10.2024