Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning migratsiya siyosati o‘zgartiriladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin migratsiya siyosatining amaldagi konsepsiyasiga o‘zgartirish kiritish zarurligini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, konsepsiyada barcha «ehtimoliy xatarlar» hisobga olinishi kerak. Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev so‘zlariga ko‘ra, migratsiya siyosatini kuchaytiruvchi tuzatishlar 2022 yil oxirigacha qabul qilinadi.
«Hozir migratsiya sohasiga ta’sir etuvchi «ma’naviy va mintaqaviy omillar» paydo bo‘lmoqda. Biz bu o‘zgarishlarga o‘z vaqtida va samarali javob berishimiz kerak», dedi Vladimir Putin.
«Shubhasiz, davlat migratsiya siyosatining amaldagi konsepsiyasini tuzatish zarur. U barcha mavjud va ehtimoliy muammolarni to‘liq hisobga olishi, qonunchilikni yanada takomillashtirish uchun asos bo‘lishi kerak», dedi prezident Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.
Prezident ma’muriyat va hukumatga 2025 yilgacha migratsiya rejimi va fuqarolik institutini isloh qilish bo‘yicha topshiriq berdi.
Nikolay Patrushev so‘zlariga ko‘ra, migratsiya siyosatiga kiritiladigan o‘zgartirishlar migrantlar ixcham yashaydigan joylarda huquq-tartibotni saqlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Migratsiya kanallari orqali xalqaro terrorchilarni aniqlash choralari ko‘riladi.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
22:29 / 13.06.2026