11:34 / 19.10.2022
8715

«Yangi O‘zbekiston yulduzlari» milliy mukofoti ta’sis etildi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan «Yangi O‘zbekiston yulduzlari» madaniyat va san’at milliy mukofoti to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Mukofot bilan taqdirlash uchun nomzodlar tanlab olinadigan mezonlar belgilandi: jahon miqyosidagi ko‘rik-tanlov va festivallarda yuqori o‘rinlarni egallash; o‘zbek san’ati va madaniyatini dunyo sahnalarida namoyish etib kelish; munosib ijodiy kadrlarni tayyorlash; ijodiy asarlarda madaniyat o‘ziga xosligini aks ettirish; yil davomida ijodiy asar ommalashgani va boshqalar.

Milliy mukofot to‘g‘risidagi nizomda quyidagilar ham nazarda tutilgan: mukofotga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi; taqdirlash marosimini tashkil etish va o‘tkazish.

Madaniyat va san’at sohasidagi milliy mukofot 20 ta nominatsiya bo‘yicha har yili bir marta taqdim etiladi. Nomzodlar har yili 10 yanvardan 10 fevralgacha tanlab olinadi, tanlab olinganlar 1 martgacha OAV va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi. Maxsus komissiya 10-15 noyabr kunlari nomzodlarga oid hujjatlarni ko‘rib chiqib, har bir nominatsiya bo‘yicha eng yaxshi natija ko‘rsatgan uch nafar nomzodni saralab oladi.

Ro‘yxat joriy yil 15 dekabridan kelgusi yil 10 yanvarigacha keng jamoatchilik ovoz berishi uchun e’lon qilinadi. G‘oliblar madaniyat vaziri buyrug‘i asosida taqdirlanishi 25 yanvar kuni tashkil etiladi. Mukofot miqdori 100 BHMni tashkil etadi.

Mavzuga oid
Top