Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV akademiyasiga boshqa OTM talabalari o‘qishini ko‘chirish taqiqlab qo‘yiladi
Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar vazirligi akademiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda magistratura kursant va tinglovchilari o‘qishini ko‘chirish, ularni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i loyihasi e’lon qilindi.
Loyiha bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda magistratura kursant va tinglovchilarini o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash hamda o‘qishini ko‘chirish tartibi belgilab berilmoqda.
Unga ko‘ra, kursant va tinglovchilar nizomda belgilangan talablarga muvofiq Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i buyrug‘iga asosan yoki akademiyada tashkil etilgan kengash qaroriga muvofiq o‘qishdan chetlashtiriladi. Ularni o‘qishga qayta tiklash masalasi ham aynan ushbu tartibda amalga oshiriladi.
Shuningdek, nizom loyihasida kursant va tinglovchilar o‘qishini ko‘chirish tartibiga ham alohida to‘xtalib o‘tilib, bunda boshqa vazirlik va idoralar tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari (oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalaridan tashqari) talabalari o‘qishi akademiyaga ko‘chirilmasligi bilan bog‘liq alohida tartib joriy etilmoqda.
Loyiha qabul qilinishi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursant va tinglovchilarini o‘qishdan chetlashtirish, qayta tiklash va o‘qishlarini ko‘chirish tartibini belgilashga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
10:56 / 17.04.2026