Surxondaryoda haydovchi YPX xodimini do‘pposladi
YPX xodimi haydovchini to‘xtatib tekshirib ko‘rganda uning qidiruvda ekani aniqlangan. Shunda tuman IIBga borishdan bosh tortgan haydovchi xodimni do‘pposlagan.

Foto: IIB YHXB axborot xizmati
Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 15 oktyabr kuni soat 11:50 larda Boysun tumani Tuzbozor mahallasi hududida viloyat IIB JXX YHXB YPX xodimi tomonidan Nexia mashinasi to‘xtatilib, haydovchisining shaxsi tekshirib ko‘rilganida fuqaro M.A.ga nisbatan qidiruv e’lon qilingani aniqlangan.
Shundan so‘ng YPX inspektori haydovchining qidiruvda ekani, o‘zi bilan tuman IIBga borishi kerakligini aytgan. Fuqaro qonuniy talabga bo‘ysunmay, inspektorga faol qarshilik ko‘rsatib, uni urib tan jarohati yetkazgan.
Haydovchi inspektorning qo‘lidan o‘ziga tegishli hujjatlarini olib voqea joyidan ketishga uringan vaqtda shu yaqin atrofda xizmatga jalb etilgan IIO xodimlari yetib kelib, uni Boysun tumani IIBga olib borgan.
Sud tibbiy ekspertizasining 2022 yil 16 oktyabrdagi dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra inspektorda yengil tan jarohati mavjudligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Boysun tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Navoiyda YPX xodimini kaltaklagan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Orban YeIning barcha 27 davlatining Ukraina bo‘yicha deklaratsiyasini blokladi
Jahon | 09:59
-
Ukraina va Rossiya 24 mart kuni Saudiya Arabistonida AQSh bilan uchrashadi
Jahon | 09:33
-
Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegarada sanoat kooperatsiyasi markazini tashkil etish uchun 50 mln dollar ajratishi mumkin
O‘zbekiston | 09:24
-
Isroil Rafahda janglarni qayta boshladi
Jahon | 08:51
Mavzuga oid

10:03 / 18.03.2025
Toshkentda yo‘l haqi uchun naqd pul talab qilgan avtobus haydovchisi ishdan olindi

17:51 / 15.03.2025
Radarlar qayd etgan tezlikdan 5 emas, 10 km/soat chegirib tashlanishi kutilmoqda

11:11 / 15.03.2025
2024 yilda «prava»si yo‘q haydovchilar 400 dan ortiq YTH sodir qildi – Senat javobgarlikni kuchaytirmoqchi

10:36 / 15.03.2025