Navoiyda avtomobilni jarima maydoniga olib ketayotgan YPX xodimi ayovsiz döpposlangani aytilgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. YHXBB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilişiça, voqea 22 yanvar kuni soat 12:20 larda, Navoiy viloyati, Navbahor tumani hududidan ötuvçi A-379 avtomobil yölining 3-kilometrida yuz bergan. YPX xodimi Matiz haydovçisini töxtatgan. Tekşiruv davomida haydovçi yölovçi taşiş faoliyati bilan şuğullanişi va uning yonida kunlik yöl varaqasi mavjud emasligi ma’lum bölgan.

Şundan söng haydovçiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, avtomobil vaqtinça saqlaş uçun jarima maydoniga olib ketilayotgan vaqtda haydovçi A.T. (1993 yilda tuğilgan) YPX xodimiga faol qarşilik körsatgan va tortişuvli vaziyat yuzaga kelgan.

Holat sodir bölgan joyga tuman IIB tezkor-tergov guruhi va prokuratura xodimlari çiqib, tegişli hujjatlar rasmiylaştirilgan.

YHXBBning qöşimça ma’lumot berişiça, holat yuzasidan haydovçiga jinoiy iş oçilgan.

«Navoiy viloyatida YPX xodimining öz xizmat vazifasini bajarişiga qarşilik körsatib, turli uyatli sözlar bilan haqoratlagan fuqaro A.T.ga nisbatan Navbahor tuman prokuraturasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 140-modda (haqorat qiliş)si 3-qismi «a» bandi hamda 219-modda (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik körsatiş)si 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, uşbu fuqaro Özbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual Kodeksining 221-moddasi tartibida uşlangan», deyiladi xabarda.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.