O‘zbekiston | 12:58 / 22.10.2022
9392
1 daqiqa o‘qiladi

Oziq-ovqat mahsulotlari minimal-maksimal narxi e’lon qilindi

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv o‘tkazildi.

Qo‘mita kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.

2022 yil 19 oktabr holatiga: 

  • suyakli mol go‘shti (1 kg) ➖ 49 500 – 78 000 so‘m;
  • qo‘y go‘shti (1 kg) ➖ 58 000 – 91 000 so‘m;
  • kartoshka (1 kg) ➖ 2500 – 6000 so‘m;
  • piyoz (1 kg) ➖ 1800 – 5000 so‘m;
  • sabzi (1 kg) ➖ 1 500 – 5 000 so‘m;
  • tuxum (10 dona) ➖ 8500 – 15 000 so‘m;
  • guruch (1 kg) ➖ 5000 – 25 000 so‘m;
  • o‘simlik yog‘i (1 l) ➖ 16 500 – 30 000 so‘m;
  • shakar (1 kg) ➖ 12 000 – 17 000 so‘m.

Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Mavzuga oid