Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘rt davlat BMTni Ukrainadagi dronlarni tekshirishga chaqirdi
Germaniya, AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya BMTni Rossiyaning Ukrainada Eron uchuvchisiz uchoqlaridan foydalanganini tekshirishga chaqirdi. Moskva bu tashkilot nizomini buzish bo‘ladi, deb javob berdi.
Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Qo‘shma Shtatlar 21 oktyabr, juma kuni BMTni Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushda Eron uchuvchisiz uchoqlaridan foydalangani bo‘yicha «xolis» tergov o‘tkazishga chaqirdi. Berlin, Parij va London Birlashgan millatlar tashkiloti bosh kotibiga yo‘llagan qo‘shma maktubida «Eron dronlarining Rossiyaga o‘tkazilishidan chuqur xavotir bildirishdi, u esa «ushbu UUAlardan Ukrainadagi fuqarolik infratuzilmasi va shaharlariga hujum qilish uchun foydalanyapti, bu begunoh tinch aholining o‘limiga olib kelyapti».
O‘z navbatida Vashington «BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalarining har bir buzilishini tekshirishi kerak», deb hisoblaydi. «Biz Rossiya va boshqa mamlakatlarning BMT majburiyatlari bajarilishiga to‘sqinlik qilishi yoki tahdid solishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak», dedi Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida AQSh vakili Jyeffri De Laurentis.
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasi bunga javoban bunday tergov faqat BMT Xavfsizlik kengashining iltimosiga binoan boshlanishi mumkinligini aytdi. «Biz Xavfsizlik kengashi hech qachon BMT kotibiyatiga 2231-rezolyutsiya kontekstida biron-bir «tekshiruv» o‘tkazish uchun mandat bermaganini ta’kidlaymiz», — deyiladi Rossiya doimiy missiyasi maktubida.
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya vaziyatni «o‘ta og‘ir» deb atadi va agar BMT ekspertlari Eronning Rossiyaga uchuvchisiz uchoqlarni yetkazib berishi holatlarini tekshirib ko‘rsa, «Birlashgan millatlar tashkiloti kotibiyati bilan munosabatlarining butun doirasini qayta ko‘rib chiqishi» bilan tahdid qildi.
Ukrainaga ko‘ra, Eron tomonidan yetkazib berilgan kamikadze uchuvchisiz uchoqlar Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan 10 oktyabrdan boshlab Ukraina hududiga yirik zarbalar berishda foydalanilgan. Vashington eronlik harbiy mutaxassislar Qrimda bo‘lgan va ruslarga texnik yordam ko‘rsatgan deb hisoblaydi. AQSh Davlat departamenti Eron Rossiyaga uchuvchisiz uchoqlar yetkazib berish orqali BMT Xavfsizlik kengashining 2231-rezolyutsiyasini buzayotganini qayd etib, Tehronga buning uchun yangi sanksiyalar bilan tahdid qildi.
Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko 21 oktyabr, juma kuni DW nashriga bergan intervyusida Kiyevda Rossiya tomonidan Ukrainada Eronda ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchoqlardan foydalanilgani haqida dalillar borligini aytdi. Poroshenko bu ma’lumotni tasdiqlash uchun BMT mustaqil komissiyasini tuzishga chaqirdi.
Mavzuga oid
08:51
Moskva yaqinidagi NQZga hujumdan so‘ng “neft yomg‘iri” kuzatildi
14:46 / 18.06.2026
Moskva yana zarba ostida. Ukraina mingga yaqin dron uchirgan
08:45 / 18.06.2026
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
15:51 / 17.06.2026