Jahon | 14:50 / 24.10.2022
32489
5 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Baxmutga hujum qilmoqda, Xarkivda yangi qabrlar. Urush suratlari

Sergey Shoygu Ukraina hukumati «iflos bomba» orqali provokatsiya tayyorlayotgani haqida aytdi. Ukraina, AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya TIV «iflos bomba» haqidagi xabar yolg‘onligini ma’lum qildi. Donetsk oblastida rossiyalik eng taniqli harbiy muxbirlardan biri, WarGonzo loyihasi asoschisi Semyon Pegov yaralandi. Annexia qilingan Xersonda hududiy mudofaa otryadlari tuzildi. Baxmutda doimiy otishmalar davom etmoqda, Rossiya Mikolayiv va Xarkiv oblastidagi aholi yashash manzillariga raketa zarbalari yo‘llamoqda.

Quyida 23 oktyabr, urushning 242-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Baxmut

Baxmut o‘qqa tutilgach chiqqan yong‘inni o‘chirayotgan aholi. Donetsk oblastidagi ushbu shahar uchun bir necha oydan buyon janglar davom etmoqda — shahar muntazam ravishda zarbalar ostida yashamoqda.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Baxmutdagi yong‘in ro‘paradagi binoning butun derazasida aks etishi
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Baxmutda avtomat ko‘tarib turgan ukrain askari
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Baxmutdagi ukrain askarlari
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Yuk ortilgan velosipedini surib ketayotgan ayol, Baxmut atrofi
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Donetsk 

Donetsk markaziy bozoridagi harbiylar. Annexia qilingan «DXR» hukumati oktyabr oyi o‘rtalarida shahar ma’muriyati binosi Ukraina qurolli kuchlari tomonidan HIMARS raketalari bilan o‘qqa tutilganini ma’lum qilgandi.
Valeriy Sharifulin / TASS
Donetsk oblast klinik travmatologiya shifoxonasiga olib kelingan yarador
Valeriy Sharifulin / TASS
Donetskdagi Artyom ko‘chasidagi yo‘lni ta’mirlash jarayoni
Valeriy Sharifulin / TASS
Donetskdagi supermarket oldida o‘tirgan qariyalar
Valeriy Sharifulin / TASS

Xarkiv va atrofidagi hududlar 

Ruslan Burmenko akasi Roman Burmenko qabri oldida. Roman 31 yoshida, Baxmutdagi janglar vaqtida yaradorlarga yordam berayotganida halok bo‘lgan
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkiv shahrining Severnaya Saltovka rayonidagi ko‘p qavatli uy pod’yezdini ta’mirlayotgan ishchilar. 21 oktyabr kuni Xarkiv oblasti rahbari Oleg Sinegubov Rossiya armiyasining shahar bo‘ylab bergan zarbalari oqibatida besh kishi yaralangani, shuningdek sanoat infratuzilmasi obektlari shikastlanganini xabar qildi. 22 oktyabr kuni RF mudofaa vazirligi shaharda kemalarga qarshi «Neptun» raketalari ishlab chiqarilgan «Kommunar» zavodi sexi nishonga olinganini ma’lum qildi
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Xarkiv oblastining Kupyansk shahri yaqinidagi Petropavlovka qishlog‘ida vayron bo‘lgan shifoxona polida yotgan rossiyalik askar jasadi
Ihor Tkachov / AFP / Scanpix / LETA
Xarkiv oblasti Kamenka qishlog‘ida yo‘q qilingan rus tanki atrofidagi snaryadlardan hosil bo‘lgan o‘ra. Kamenka sentabr oyida ukrain harbiylarining muvaffaqiyatli qarshi hujumi natijasida ozod etilgan Izyum atrofida joylashgan
Carl Court / Getty Images

Mikolayiv

 

Mikolayivga 23 oktyabr kuni yo‘llangan zarbalar oqibatlarini ko‘zdan kechirayotgan kishilar. Ukraina prezidenti ofisi rahbari o‘rinbosari Kirill Timoshenko xabar qilishicha, shahar tunda S-300 zenit-raketa kompleksidan o‘qqa tutilgan. Qurbonlar yo‘q.
​​​​​​Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA

 

Mikolayiv raketalar bilan o‘qqa tutilishidan keyin ko‘chada yig‘layotgan keksa yoshli ayol
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
Odamlar Mikolayiv 23 oktyabr kuni o‘qqa tutilishidan keyingi oqibatlarni bartaraf etishmoqda.
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
Mikolayivlik ayol Rossiya tomonidan yo‘llangan raketa zarbasidan jabrlangan turar joy binosi hovlisida.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
15 yoshli Taisiya Kovaleva Mikolayivdagi uy hovlisida rossiyaliklar raketasi kelib tushgan bolalar maydonchasidagi vayrongarchiliklar orasida. «Bu hovlida butun bolaligimni o‘tkazganman. Men doim bu arg‘imchoqda uchganman», — deydi Taisiya.
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Mikolayivlik kishi rossiyaliklar raketa zarbasidan vayron bo‘lgan kvartirasini ko‘zdan kechirmoqda
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid